Beruniy tumani (sobiq Shabboz) 1927 yil 3 iyulda Biybozor va Shabboz volostlari negizida tashkil etilgan. Beruniy tumani shimoliy-sharkdan Ellikqalʼa tumani, g‘arbdan Amudaryo tumani, shimoliy-g‘arb tomonidan Qorao‘zak, Taxtako‘pir tumanlari bilan chegaradosh, Janubda Xorazm, janubiy-sharkda Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Tumandan Respublika Poytaxti Nukus shaxrigacha bulgan masofa 152 kilometr.
Beruniy tumani aholisi 196,4 ming nafarni, aholi zichligi 1 kv.km.ga 4,9 kishini tashkil qiladi.
Tumanda 40 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud, xonadonlar soni 32845 tani tashkil etadi. Aholining milliy tarkibi: o‘zbeklar (68,9 %), qoraqalpoqlar (7,0%), qozoqlar (16,2%), turkmanlar (7,4%), boshqa millat vakillari (0,5)dan iborat.
Tuman bo‘yicha 01.10.2021 yil holatiga 1845 ta tadbirkorlik subyektlar ro‘yxatga olinib, ularning 331 tasi sanoat, 328 tasi qishloq xo‘jaligi, 60 tasi transport, 36 tasi aloqa, 125 tasi qurilish, 741 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 21 tasi sog‘liqni saqlash, 203 boshqa faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar hisoblanadi.
Tumaning drayver sohasi asosan qurilish materiallari ishlab chiqarish va chorvachilik tashkil qilishga ixtisoslashtirilgan.
Tumanda mehnatga layoqatli 105,8 ming nafar bo‘lib, shundan 79,4 ming nafari ish bilan band, 7,8 ming nafari esa ishsizlar ro‘yxatiga olingan bo‘lib, 269 ishsizlik nafaqasini oluvchilar.
Tabiati. Beruniy (tuman) shim.da Qizilqum cho‘li, g‘arbida Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati va Sulton Uvays tog‘i bor. Yanv.ning o‘rtacha temperaturasi —15°, —20°, iyulniki 28°. Yiliga 100–200 mm yomg‘ir tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman jan.dan Amudaryo oqib o‘tadi. Tumanda Oqchako‘l, Amirobod ko‘llari bor. Paxtaarna kanalining davomi bo‘lgan Bo‘zyop kanali mavjud. Amudaryodan Shimomyop, Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman—Beshtom nasos st-yasi ishlab turibdi. Chiyabo‘ri, bo‘rsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirg‘ovul va boshqa yashaydi. Tuman hududida Badayto‘qay davlat qo‘riqxonasi joylashgan.
Tarixiy obʼktlar: Aqchaxon qalʼa, Al-Fir qalʼasi, Qizil qalʼa, Kat qalʼa, Sulton Uvays Qorayniy ziyoratgohi, Badr ota masjidi, Shayx Abbos Valiy jomeʼ masjidi, Abu Rayxon Beruniy muzey majmuasi.Eshon bobo masjidlari mavjud.
Xo‘jaligi. Beruniy (tuman) iqgisodiyoti negizini paxta-g‘alla, bog‘dorchilik, chorvachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog‘ zavodlari, temirbeton, g‘isht va toshni maydalovchi zavodlar bor.Chorvachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Beruniy tumani qishloq ho‘jaligi sohasida 13 ta hududga bo‘linadi.
Beruniy tumani “To‘qimachi” MFY hududida 2015 yil ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi “BERUNIY TEXTILE INVEST” MCHJ o‘z faoliyatini boshlagan. Bundan tashqari “Eko agro kapital” MCHJ parranda va tuxum yo‘nalishidagi korxona, "Kashfiyotchi yoshlar" korxonasi, “Sarvar nasl chorva” chorvachilik yo‘nalishidagi fermer ho‘jaligi hamda “Sifatli g‘isht” MCHJ ga qarashli 4 gektardan iborat issiqxonalar shuningdek, “Beruniy g‘alla klaster” ga qarashli yiliga 50 ming tonna donni qayta ishlashga mo‘ljallangan un zavodi mavjud.
Tumanda maktablar 72 tani, maktabgacha taʼlim muassasalari 50 tani, sog‘liqni saqlash muassasalari 12 tani hamda 5 ta masjid faoliyat yuritadi. Kutubxonalar soni 79 tani tashkil etadi.
Mavjud 72 ta o‘rta maktabda 38173 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
Aholiga 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta ko‘p tarmoqli poliklinika va 3 ta QVP, 7 QOP, shuningdek, kasalxona tasarrufidagi 1 ta tug‘ruqxonada tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Davolash profilaktika muassasalarida aholiga 277 nafar shifokor, 1179 nafar o‘rta tibbiyot va 262 nafar boshqa xodimlar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Tumanda “Tamaddun nuri” ilmiy falsafiy jurnal va “Xalq minbari” gazetasi bor.