Beruniy tumani — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan (1962 yil 24 dek.da Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shim.gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida, Beruniy (tuman) shim.sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shim.gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari va jan. da Xorazm viloyati. Maydoni 3,94 ming km². Aholisi 94,7 ming kishi (2000). Beruniy (tuman) da 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yigini (Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa) bor. Markazi—Beruniy shahri.
Tabiati. Beruniy (tuman) ningshim.daQizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —15°, —20°, iyulniki 28°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman jan.dan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Shimomyop, Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman—Beshtom nasos st-yasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproq. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirgʻovul va boshqa yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi joylashgan.
Aholisi, asosan. oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 50,9 ming kishi, qishloq aholisi 43,8 ming kishi (2000).
Xoʻjaligi. Beruniy (tuman) iqgisodiyotinegizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog zavodlari, temirbeton, gʻisht va asfalt zavodlari bor.
Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud (2000). Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, "Temur" xususiy korxonasi, 28avtokorxona, "Yoggar" aksiyadorlik jamiyati va boshqa
Beruniy (tuman) da sugʻoriladigan yerlar 31,5 ming ga, shu jumladan 15,2 ming ga yerga paxta, 0,8 ming ga yerga sabzavot, 3,0 ming ga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,0 ming ga yerga sholi ekiladi. Beruniy (tuman) da 2 jamoa xoʻjaligi, 11 dehqonfermer xoʻjaligi uyushmasi, 27 kooperativ xoʻjaligi, 200 ga yaqin fermer xoʻjaligi, 2 ijara xoʻjaligi, 1 xoʻjalik hisobidagi uchastka bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,3 ming qoramol, 41,3 ming qoʻy va echki, 163,7 ming parranda, 0,5 ming ot boqiladi (2000). Tuman transportida Toʻrtkoʻl—Nukus avtomobil yoʻli asosiy rol oʻynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli oʻrin tutadi.
1999/2000 oʻquv yilida 57 umumiy taʼlim maktabida 23393 oʻquvchi, 2 litseyda 1330 oʻquvchi taʼlim oldi. 36 ommaviy kutubxona, 5 madaniyat uyi, ajratilgan pullari ayrim xxxxxxlar jigildoniga ketip qurilishi to'xtab qolganmuzey, 850 oʻrinli 9 kasalxona va dispanser, 57 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 354 vrach, 1607 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1946 yildan (Paxtakor-eski nomi)"Xalq minbari" tuman gazetasi chikadi (adadi 3100).Beruniy tumanida jami 8 ta kollej mavjud ulardan 5 tasi shaharda 3 tasi qishloq joyda joylashgan (2013).