Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

Beruniy tumani

Yo’l transport hodisalarining oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlari olib borildi

22-11-2024 | 01:19

75

  “Vatanparvar” tashkiloti  Beruniy tuman o’quv sport texnika klubi   QR IIV Beruniy tuman YHXB №1 TRIB bilan hamkorlikda “Yo’llarda sodir bo’layotgan Yo’l transport hodisalari va ularning oldini olish” mavzusida haydovchilikka o’qiyotgan yoshlarga profilaktik   suhbat   o’tkazdi.  Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarning yo’l harakati qoidalaridan chuqur xabardor bo’lishi turli ko’ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Zero, yo’l harakati bilan bog’liq qoidabuzarliklar soni yurtimizda anchagina yuqori ekanligi sir emas. Bunday vaziyatda nafaqat haydovchilar, balki piyodalarning ham yo’l harakati qoidalarini chuqur bilishlari talab etilmoqda.Haydovchilikka o’qiyotganlarga  Beruniy tuman YHXB №1 TRIB katta inspektori T.Qobulov, Beruniy tuman YHXB №1 TRIB qidiruv inspektori serjant A.Tadjimuratovlar tumanimizda ko’payib ketayotgan Yo’l transport hodisalari  haqida eng achinarlisi ular inson o’limi bilan tugayotganligi Yo’l transport hodisalarining ko’pchiligi tezlikni oshirish, yo’l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash oqibatida kelib chiqayotganligi haqida jonli misollar bilan gapirib berdilar. 

 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati