12-11-2024 | 23:40
73
“Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman o’quv sport texnika klubi QR IIV Beruniy tuman YHXB №1 TRIB bilan hamkorlikda “Yo’llarda sodir bo’layotgan Yo’l transport hodisalari va ularning oldini olish” mavzusida haydovchilikka o’qiyotgan yoshlarga profilaktik suhbat o’tkazdi. Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarning yo’l harakati qoidalaridan chuqur xabardor bo’lishi turli ko’ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Zero, yo’l harakati bilan bog’liq qoidabuzarliklar soni yurtimizda anchagina yuqori ekanligi sir emas. Bunday vaziyatda nafaqat haydovchilar, balki piyodalarning ham yo’l harakati qoidalarini chuqur bilishlari talab etilmoqda.Haydovchilikka o’qiyotganlarga Beruniy tuman YHXB №1 TRIB katta inspektori T.Qobulov, Beruniy tuman YHXB №1 TRIB qidiruv inspektori serjant A.Tadjimuratovlar tumanimizda ko’payib ketayotgan Yo’l transport hodisalari haqida eng achinarlisi ular inson o’limi bilan tugayotganligi Yo’l transport hodisalarining ko’pchiligi tezlikni oshirish, yo’l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash oqibatida kelib chiqayotganligi haqida jonli misollar bilan gapirib berdilar.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Beruniy tumani hokimining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigi
Kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar sifatli o’tkazilsa, mo’l hosil olishga zamin yaratiladi.
Beruniy tuman 1-sektor hududidagi Biybozar ovul fuqarolar yig’inida bugun sayyor qabul va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
«Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida musobaqalar bo’lib o’tdi
KEKSALAR XAFTALIGI DOIRASIDA TADBIRLAR BO’LIB O’TDI
El tinchligi er yigitlar qo’lida. “14-yanvar vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag’ishlanadi