KEKSALAR XAFTALIGI DOIRASIDA TADBIRLAR BO’LIB O’TDI

09-10-2024 | 15:22

155

Nuroniylarni e’zozlash ularning duolarini olish katta savobdir. Faxriylar nasihatlarini tinglab hayot tajribalarini o’rganish esa vazifamiz hisoblanadi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo’ylab “Keksalar haftaligi” tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Davra suhbatlari sport o’yinlari kontsert dasturlari shular jumlasidandir.

«Keksalar haftaligi» reja tadbiriga asosan “Buyuk ajdodlar ila faxrlanmoq – avlodlarga sharafdir!”, “Donishmadlik fasli” mavzularida uchrashuv-suhbat «Birlik» mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman hokimligi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, qizil hoch va qizil yarim oy jamiyati hamda tuman tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazidan vakillar ishtirok qilib, qariyalarni qadrlash, e’zozlash hamda sog’lom turmush tarzini tashkil qilish orqali salomatlikni saqlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Nuroniylar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Keksalar o’rtasida shaxmat-shashka sport turi bo’yicha o’yinlar tashkil etildi. “Keksalar haftaligi” bo’yicha tadbirlar barcha mahallalarda davom etadi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati