Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi

31-10-2024 | 00:25

155

O’zbekistonga koronavirusning “Omicron” shtammi kirib kelganidan so’ng ma’lum cheklovlar o’rnatildi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Covid 19” pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo’yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar»ga qat’iy rioya etiladi;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o’tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
  • ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo’l qo’yilmaydi (zarur vaziyatlarda so’nggi uch kunlik PTSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo’lishi lozim);
  • yig’ilishlar o’tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig’ilishlarni videokonferentsaloqa rejimida o’tkazish choralari ko’riladi;
  • mazkur cheklovning buzilishiga yo’l qo’yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo’llaniladi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati