15-11-2024 | 00:50
167
Yurtimizda Vatan himoyasi kabi ulug’vor ishga o’zini bag’ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan o’tkaziladi.
Bu kabi e’tibor va e’tirof mas’uliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bag’ishlaydi.
Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo’lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan halqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur shart-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Har qanday davlatning kuch-qudrati va imkoniyatlariga uning armiyasining jangovar qobiliyati va jangovar tayyorgarligiga qarab baho berilishi bejiz emas va bunday qarash mustahkam asosga egadir.
1991 yil 6-sentyabrda Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilgan bo’lib 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan qaroriga muvofiq respublikamiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O’zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o’tkazilgan. So’ngi yillar davomida milliy armiyamiz tizimida amalga oshirilgan islohotlar o’zining samarasini berdi. “Inson qadri uchun” tamoyili markaziy o’ringa qo’yilayotgani barchamizga ma’lum.
Bugun Beruniy tumanida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan katta bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Beruniy tumani hokimligi, Mudofaa bo’limi, Prokuratura, IIB, FVB, Milliy gvardiya, nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Motamsaro ona” haykali va “Afg’on jangchisi” ramziy haykali poyiga gulchambar qo’yib, hurmat bajo keltirildi. Bayram munosabati bilan tuman hokimi A.Saparbaevning xalqimizga yo’llagan tabrigini, hokim o’rinbosari U.Usmanov o’qib eshittirdi.
Bir guruh faollarga tuman hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan bayram sovg’alari topshirildi. Tuman madaniyat bo’limining kontsert dasturi va bir piyola choy ustida xarbiy xizmatchilar, nuroniylar bugungi bayramni nishonlab, dorulomon va tinchlik kunlariga shukronalik bildirdi. Vatan himoyasiga otlangan har bir er yigit yurt tinchligini asrash, kerak bo’lsa jonini berish, sodiq xizmat etishga qasamyod qiladi. Bayramingiz muborak bo’lsin!
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Beruniy tumani hokimining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigi
Kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar sifatli o’tkazilsa, mo’l hosil olishga zamin yaratiladi.
Beruniy tuman 1-sektor hududidagi Biybozar ovul fuqarolar yig’inida bugun sayyor qabul va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
«Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida musobaqalar bo’lib o’tdi
KEKSALAR XAFTALIGI DOIRASIDA TADBIRLAR BO’LIB O’TDI
Diqqat e'lon!