21-11-2024 | 12:07
151
Beruniy tumanida barcha hududlardagi fermer xo’jaliklariga 2022 yilda suvdan to’g’ri va samarali foydalanish hamda sho’r yuvishga jadallik bilan puxta tayyorgarlik ko’rishni tashkil qilish bo’yicha ko’rgazmali seminarlar o’tkazildi. Seminar davomida yerlarni tekislash, chel olish, ichki ariq va zovurlarni tozalash ishlarini 25 yanvarga qadar yakunlash, 2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlariga mahalliy o’g’it chiqarish, ob-havo sharoitiga qarab mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish va zahirasini yaratish hamda 2021 yilga nisbatan joriy yil 25-30% suv tanqis bo’lishi kutilayotganligi sababli suv tejovchi texnologiyalarini keng joriy qilish va ularning afzalliklari tegishli soha xodimlari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, hozirgi kunda fermer xo’jaliklari tomonidan jadallik bilan ishlar tashkil qilib boshlab yuborilgan. Bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko’rish qish davomida tinimsiz mehnatni talab qiladi. Shunday ekan mo’l hosil olish yo’lidagi harakatlarga zamin yaratish uchun bor tajribani ishga solishimiz darkor.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Beruniy tumani hokimining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil qilinganligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan bayram tabrigi
Kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar sifatli o’tkazilsa, mo’l hosil olishga zamin yaratiladi.
Beruniy tuman 1-sektor hududidagi Biybozar ovul fuqarolar yig’inida bugun sayyor qabul va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
«Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida musobaqalar bo’lib o’tdi
KEKSALAR XAFTALIGI DOIRASIDA TADBIRLAR BO’LIB O’TDI
Diqqat e'lon!