Qishloq ho’jaligida mavsum tayyorgarligi

31-10-2024 | 00:25

146

Beruniy tumanida barcha hududlardagi fermer xo’jaliklariga 2022 yilda suvdan to’g’ri va samarali foydalanish hamda sho’r yuvishga jadallik bilan puxta tayyorgarlik ko’rishni tashkil qilish bo’yicha ko’rgazmali seminarlar o’tkazildi.  Seminar davomida  yerlarni tekislash, chel olish,  ichki ariq va zovurlarni tozalash ishlarini 25 yanvarga qadar  yakunlash, 2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari maydonlariga mahalliy o’g’it chiqarish, ob-havo sharoitiga qarab mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish va zahirasini yaratish  hamda 2021 yilga nisbatan joriy yil 25-30% suv tanqis bo’lishi kutilayotganligi sababli suv  tejovchi texnologiyalarini keng joriy qilish va ularning afzalliklari tegishli soha xodimlari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borildi.

 Shuningdek, hozirgi kunda fermer xo’jaliklari tomonidan jadallik bilan ishlar tashkil qilib boshlab yuborilgan. Bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko’rish qish davomida tinimsiz mehnatni talab qiladi. Shunday ekan mo’l hosil olish yo’lidagi harakatlarga zamin yaratish uchun bor tajribani ishga solishimiz darkor.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati