Виртуальная приёмная

Звук

Шрифт

A

A

A

Beruniy tumani

#Media tur Ham ziyorat ham sayoxat

17-09-2024 | 00:54

96

♦️O’tayotgan xafta davomida yurtimiz bo’ylab, “Keksalar xaftaligi” ni keng tarzda nishonlab xaftalik davomida turli davra suhbatlari, uchrashuv va tadbirlar, sport musobaqalari o’tkazildi. Keksalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, zarur turdagi tibbiy vositalar ham berildi. Haftalik yakunida tuman hokimi A.Saparbayev va sektor rahbarlari bir guruh nuroniylarni tarixiy Xiva shaxriga ham sayoxat, ham ziyorat qilish uchun bir kun davomida sayohatni tashkil qilib berdi. Turizm va sport bo’limi hodimlari boshchiligida nuroniylar ochiq osmon ostidagi tarixiy shaxarda sayoxatda bo’ldilar.

⚡️Yurtimizning bir-biridan ajoyib go’shalari borki, dunyoni qancha kezsangiz ham Xiva shaxridagi kabi saqlanib qolgan muzeylarni topa olmaysiz. Har bir tarixiy joy bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lib, sayohatni ko’ngildagiday o’tkazishdi. Umuman aytganda keksa avlod vakillarini har kuni eslash va e’zozlash vazifamizga aylanadi. Ularning hayot falsafasi va tajribasi, bizga ezgulik darslari bo’lib xizmat qiladi.

 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati