Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha muhim topshiriqlar berildi

22-11-2024 | 04:59

83

Voyaga yetmagan yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat ko’chasiga kirmaslik borasidagi ishlar bugungi kunning eng muhim masalalaridir. Beruniy tumanida jami 72 ta umumiy o’rta ta’lim hamda 2 ta kasb-hunar maktablari mavjud bo’lib, unda tahsil olayotgan o’quvchilarning tartib-intizomi va psixologiyasiga e’tibor berish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Hususan Beruniy tumanida 2021 yil yakunlari bo’yicha voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi hamda yil yakunlari bo’yicha mas’ul organlar va XTB ning hisobotlari tinglandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 pareldagi Qaroriga muvofiq IIV tizimida inspektor psixolog lavozimi joriy qilingan bo’lib, Beruniy tumanida 6 nafar inspektor psixologlar o’z faoliyatini olib bormoqda. Hududlardagi maktablarda profilaktik tushuntirishlar, davomat tadbirlari hamda tungi reydlar tashkil qilinib, doimiy o’tkazib kelinmoqda. Yig’ilish davomida so’zga chiqqanlar ertamiz egalari bo’lgan yoshlarni asrash, turli yot g’oyalar ta’siriga tushib qolmasligi hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo’lishlarini va bu borada ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

2022 yilda qilinishi lozim bo’lgan vazifalar kelishib olindi. Ayniqsa ta’lim dargohlarida turli to’garaklarning tizimli tashkil qilinganligi, ma’naviy tadbirlarining o’tkazilishi, sport to’garaklarining faoliyati yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.