SENATOR BERUNIYDA PAXTA YIG’IM-TERIMI BILAN TANISHDI

21-11-2024 | 20:21

79

Paxta yig’im-terim mavsumi xalqimiz og’izbirchiligining bir belgisidir. Dehqon mexnatini yerda qoldirmasdan, yig’ib-terib olishda terimchilar yaqindan yordam berib kelmoqda. Ishsiz aholi uchun paxta mavsumi qo’shimcha daromad manbai hisoblanadi.

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish qo’mitasi raisi o’rinbosari, senator Botir Matmuratov tumandagi fermer ho’jaliklarida bo’lib, paxta mavsumida majburiy mehnatga yo’l qo’yilmaganligi, shuningdek terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. “Navoiy qayir”, “Odilbek Omongeldievich” va “Zumrad Asadbek” fermer ho’jaliklarida terimchilar bilan suhbatlashib, ularga sovg’alar berdi.

 

Ma’lumot o’rnida 2021 yil uchun 10030 gektar yerga paxta ekilgan bo’lib, 30550 tonna paxta xom-ashyosi olish rejalashtirilgan. Tumandagi 161 ta fermer ho’jaliklari “Beruniy klaster” MCHJ bilan shartnoma tuzgan. Paxta yig’im-terimi davrida terimchilar uchun avtobus, tushlikda issiq ovqat va terim pullari dala boshida 1500 so’mdan berib borilmoqda. 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati