AHOLI MUROJAATLARI. HARAKAT VA NATIJA

22-11-2024 | 00:41

82

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 16 sentyabrdagi Farmoyishiga asosan Nukus shaxri va tumanlardagi 21 ta fuqarolar yig’inlaridagi aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan mavjud muammolarni aniqlash, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko’rsatish va ularning muammolarini bartaraf etish, aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yangilash, yo’l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obe’ktlarini ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda aholi murojaatlarini hal etish maqsadida Beruniy tumanidagi Do’stlik va Ibn Sino MFY da intfratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar boshlab yuborildi.

 

Har bir hududga 1.5 milliarddan 3 millard so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, Do’stlik MFY da  aholi bilan muloqotlar jarayonida hududda ichimlik suvi muammosi borligi aniqlanib, 6 ta ko’chaga 2.4 kilometr ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari boshlanib ketdi, hamda ko’chalarga asfal`t yotqizish ishlari olib boriladi.

 

Ibn Sino MFY da esa aholi xonadonlarida elektr energiyasining pastligi  murojaatlar davomida aniqlanib, 2 ta 400 KvT kuchlanishli tronsformator o’rnatildi va 2 kilometr past kuchlanishli hamda 1.5 kilometr yuqori kuchlanishli liniya tortish ishlari boshlab yuborildi.

 

1.5 kilometr yo’llarga qum-shag’al aralashmasi yotqizish ishlari yakunlandi. 1.6 kilometr yo’llarga asfal`t yotqizish uchun asoslarini tayyorlash boshlab yuborildi. Shuningdek hududdagi 6 sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari katta yo’ldan kelishi, bu yerga trotuar zarurligini bildirgan. Bu joyda ham yo’l chetiga 1.1 kilometr beton qoplamali piyodalar yo’lakchasini qurish ishlari boshlab yuborilgan. Aholi o’z xonadonlari atrofini obodonlashtirish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarliklar olib borilishi ham tushuntirilib, bu ishlar ham boshlab yuborildi. Mazkur obodonlashtirish ishlari oktyabr oyining 15 sanasigacha bitkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati