“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA

29-07-2024 | 23:12

82

“Keksalar haftaligi” munosabati bilan Beruniy tumani Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hodimlari Bunyodkor mahallasidagi faxriylar bilan suhbat uyushtirdi. Tumandagi 90 yoshdan oshgan nuroniylarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning duolarini oldi va “Saxovat uyi” jamg’armasidan sovg’alar berdi.

Yuz bilan yuzlashgan nuroniylarning bugungi kunga aytar shukronasi ko’p. Yillarning zahmatli mehnati yuz-ko’zlarida aks etib turgani bilan istiqlolning shukronasi dillarini ravshan qilgan. Hafta davomida bu kabi tadbirlar davom etadi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati