14-Yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusidagi vatanparvarlik soati o’tkazildi

28-07-2024 | 22:25

83

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi  Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi” hamda “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora tadbirlari to’g’risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman O’STKda “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati bo’lib o’tdi.

Tadbirni O’STK boshlig’i SH.Matsapaev va HV va YOVI bo’yicha boshliq o’rinbosari A.Axmanovlar olib bordi.Tadbirda haydovchilikka o’qiyotgan  o’quvchilar ,O’STK  ishchi xodimlari hozirda Urganch davlat universitetida ta’lim olayotgan sportchimiz Yuldashev Izzat va chempion sportchilarimiz ishtirok etdilar. Tadbir Markaziy Kengash tomonidan tavsiya qilingan “Vatanimga tayanchman” mavzusidagi vatanparvarlik soati tezislari bo’yicha qisqacha tarix batafsil tushintirilib  berildi.